“Britancha” shtamm koronavirusning yagona mutatsiyasi bo‘lib qolmaydi – Otabekov

Jamiyat

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Otabekov koronavirusning “britancha” shtammi bilan kasallanganda qanday belgilar kuzatilishi haqida ma’lumot berdi.

“Aslini olganda bu koronavirusning ozgina o‘zgargan varianti. Koronavirus kasalligi emas umuman viruslarning hammasi o‘zgarib turishga moyil. Virus o‘zgarishiga moyillik shu darajada kuchli-ki, ular har oyda o‘zgarib turishi mumkin. Agar biz har bir mutatsiya jarayoni va o‘zgaruvchanlikni kuzatadigan bo‘lsak, koronavirusni bir neshta shtammlarini aniqlagan bo‘lar edik. 

O‘zgaruvchanlik, ya’ni mutatsiya haqida gap ketganda ikki jihatga e’tibor berishimiz kerak. Bu modifikatsion o‘zgaruvchanlik va mutatsion o‘zgaruvchanlik. Modifikatsion o‘zgaruvchilar bu nasldan-naslga o‘tmaydigan, vaqtinchalik namoyon bo‘ladigan mutatsiyaga hos bo‘lgan belgilardir”, deydi Otabekov.

Mutaxassisga ko‘ra, viruslar nusxa ko‘chirish yo‘li bilan ko‘payadi. Virusda bo‘linib, urug‘lanib ko‘payish kabi jarayonlar kechmaydi. Nusxa ko‘chirgan vaqtda virus qaysi shaklda bo‘lsa, shu holda nusxa ko‘chiriladi. Shuning uchun ham organizmdagi viruslar yuklamasi haqida gapirilgan vaqtda nusxalar sonidan kelib chiqib unga baho beriladi. 

“Hozirgi kunda shifokorlar bir necha minglab bemorlarni kuzatish orqali “britancha” shtamm bilan chaqirilgan kasallikda, dastlabki klinik belgilar ko‘proq bosh og‘rig‘i, mushaklardagi og‘riq, tez boshlangan va tez avjiga chiqqan yo‘talda namoyon bo‘ladi. Koronavirusning asl shtammida uchragan hid va ta’m bilmaslik holatlari kamroq uchraydi. Boshqa ko‘rsatkichlar qariyb bir-biriga yaqin bo‘lgan holda klinik belgilar kuzatilgan.

Mutaxassialar hozirgi kunda e’tirof etayotgan jihat bu kasallik koronavirusning COVID-19 shtammiga qaraganda tezroq tarqalish xususiyati va bolalarga ham tez yuqishi bilan ajrab turadi. Nazarimda oxirgi “britancha” shatmm koronavirusning yagona mutatsiyasi bo‘lib qolmaydi. Negaki koronavirus ham “britancha” shtamm ham izlanishda. U yangi-yangi viruslarni paydo qilish orqali o‘zini himoya qilyapti. Shunday ekan bu kabi holatlarga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishimiz va jiidiy fojiya yasamasdan, mutaxassilar fikriga quloq tutishimiz foydali”, deya so‘zini yakunladi Otabekov.


Maqola muallifi

Teglar

Nurmat Otabekov

Baholaganlar

128

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing