“Britancha” koronavirusni O‘zbekistonga umuman kiritmaslik mumkinmidi?

Jamiyat

image

Koronavirusning Buyuk Britaniyada paydo bo‘lgan shtammini O‘zbekistonga umuman kiritmaslikning imkoni yo‘q edi. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘ining o‘rinbosar Nurmat Otabekov brifingda shunday fikr bildirdi.

“Yo‘q, biz uni hududimizga umuman kiritmaslik imkoniyatiga ega emasdik. Boisi hozirgi kunga kelib, dunyoning 60 ga yaqin davlatlarida bu shtamm aniqlandi”, dedi Otabekov.

U so‘zida davom etib, “britancha” shtamm avj olayotgan qator davlatlarga parvozlar to‘xtatilganiga qaramay, virus uchinchi davlat orqali kirib kelish imkoniyati bor bo‘lganini eslatib o‘tdi.

“Koronavirusning “britancha” shtamm kirib kelishi va tarqalishining oldini olish maqsadida Buyuk Britaniya, Italiya, Germaniya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya va JAR davlatlaridan O‘zbekistonga kirish va chiqish bo‘yicha taqiq mavjud bo‘lsa-da, dunyoda o‘zbekistonliklar borib-kelishi mumkin bo‘lgan davlatlarning soni juda ko‘p. Kasallik aynan yuqorida sanab o‘tilgan davlatlardan emas, balki uchinchi, to‘rtinchi davlatdan kirib kelish ehtimoli mavjud edi”, deydi Otabekov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda virus oilasi bilan Dubayga borib kelgan 10 yoshli qizda aniqlandi. U joriy yilning 23 yanvarida Toshkentga qaytgan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

221

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing