Bo‘rilar galasi ikki ayolni g‘ajib tashladi

Olam

image

Tojikistonning Tog‘li Badaxshon viloyatida ikki ayol 7 mart kuni ertalab bo‘rilar galasi hujumi oqibatida qurbon bo‘ldi, deya xabar berdi ASIA Plus sayti.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bo‘rilar galasi ozuqa qidirib qishloqqa kelgan, lekin odamlarga duch kelgan va ularga tashlangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, qurbon bo‘lganlar 83 yoshli onaxon va uning 55 yoshli qizidir. Mahalladoshlarining aytishicha, ayollar namoz o‘qishga hozirlik ko‘rish uchun uyining hovlisiga chiqqanda bo‘rilar hujumiga duchor bo‘lgan.

Bo‘rilar hujumi qish mavsumida Tojikiston tog‘larida tez-tez uchrab turadi. Xususan, bo‘rilar shu yilning yanvar oyida Tog‘li Badaxshon viloyatidagi Dashtak qishlog‘ida yashovchi besh yoshli bolakayga, oradan biroz vaqt o‘tib shu qishloqda yashovchi 30 yoshli militsiya xodimiga ham tashlangan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston bo'ri

Baholaganlar

355

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing