Braziliyaning sobiq prezidenti 9 yillik qamoqqa hukm qilindi
Olam
−
01 iyun 2023
5013Braziliya Federal Oliy sudi kecha, 31 may kuni sobiq prezident Fernando Kolor di Meluni korrupsiya va pul yuvishda ayblab, 8 yil 10 oyga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda “Globo” telekanali xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, sud ayblov tomonining dalillarini qo‘llab-quvvatlagan va sobiq prezidentni Petrobras milliy neft-gaz kompaniyasining sho‘ba korxonalaridan biridagi korrupsion sxemada ishtirok etishda aybdor deb topgan.
Sud xulosasiga ko‘ra, Kolor di Melu 2010 yildan 2014 yilgacha olgan pora miqdori 20 million real (taxminan 4 million dollar)ni tashkil etgan. Ushbu ish bo‘yicha tergov 2015 yilda boshlangan.
Mahalliy qonunlarga ko‘ra, sakkiz yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum etilganlar jazoni o‘tash muassasasida majburan saqlanadi, ular uy qamog‘iga tashlanishi mumkin emas. Biroq mahalliy matbuot 1990-1992 yillarda hokimiyat tepasida bo‘lgan Kolor di Melu bergan ikkita apellyatsiyasi orqali ozodlikda qolishi mumkinligi haqida yozmoqda.
LiveBarchasi