Braziliyada samolyot qulashi oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Braziliyada kichik samolyot qulashi oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Camolyot mamlakat shimoli-g‘arbidagi Rio-Branko shahri aeroporti yaqinida qulagan. Samolyot bortidagi barcha yo‘lovchilar va ekipaj a’zolari halok bo‘lgan. Qurbonlar orasida bola ham bor.

Ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot mahalliy “ART Taxi Aereo” kompaniyasiga tegishli bo‘lgan. “Brazil Urgante” nashri halokatga uchragan samolyot  Sessna 208 Caravan bo‘lishi mumkinligini qayd etgan.

Kompaniyaning e’lon qilishicha, samolyot yerga urilganidan so‘ng darhol yonib ketgan.

Voqea joyiga ko‘plab tez yordam mashinalari va o‘t o‘chirish brigadalari yetib kelgan. Hozirda tergov harakatlari boshlangan.


Maqola muallifi

Teglar

samolyot Braziliya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing