Braziliyada Prezidentga qarshi norozilik namoyishlari uyushtirildi

Olam

image

Kecha, 7 iyun kuni Braziliyada Prezident Jair Bolsonaruga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda DW nashri xabar berdi.

Ushbu harakat Braziliyada koronavirus pandemiyasi davrida Jair Bolsonaruga qarshi birinchi namoyish ekanligi aytilmoqda. Ayni paytda,Prezident tarafdorlaridan tashkil topgan kichikroq bir guruh faollar COVID-19 pandemiyasi tomonidan qo‘yilgan cheklovlarni olib tashlashni talab qilib, poytaxt Braziliada yig‘ilishdi.

Bolsonaru o‘zi ham bir necha marotaba dam olish kunlari o‘zini qo‘llab-quvvatlash uchun poytaxtda o‘tkazilgan aksiyalarida ishtirok etgan. Hozircha namoyishlar tinch o‘tgani aytilmoqda. Tartibsizliklar kuzatilmagan.

San-Pauluda Bolsonaruni qo‘llab-quvvatlash uchun 50 ga yaqin odam namoyishga chiqdi. Shu bilan birga, ushbu namoyishdan o‘n kilometr narida minglab braziliyaliklar davlat rahbariga o‘z noroziliklarini bildirishdi.

Ma’lumot uchun, Bolsonaru uzoq vaqt davomida koronavirus tahdidini tan olishdan bosh tortdi. Bir vaqtlar u koronavirusni "yengil gripp" deb atadi. Bundan tashqari, u iqtisodiy zarari tufayli Braziliyaning turli shtatlarida pandemiya fonida joriy etilgan cheklovlarni bir necha bor tanqid qildi. Bu vaqt davomida, Braziliyaning ikki sog‘liqni saqlash vaziri ishdan olindi. Bunga ularning "o‘jar" Prezident bilan kelisha olmagani sabab qilib ko‘rsatildi,

 

Maqola muallifi

Teglar

Braziliya Jair Bolsonaru norozilik namoyishlari

Baholaganlar

71

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing