Braziliyada kuchli yomg‘ir 7 kishining umriga zomin bo‘ldi

Olam

image

Bugun, 21 mart kuni Braziliyaning Rio-de-Janeyro shtatida kuchli yomg‘ir yog‘ishi sabab taxminan yetti kishi halok bo‘ldi, to‘rt kishi bedarak yo‘qolgan. Bu haqda TASS xabar berdi.

Qayd etilishicha, tog‘li Petropolis shahrida qutqaruvchilar falokat qurbonlari bo‘lgan besh kishining jasadini topgan. Kecha, 20 mart kuni kechasi boshlangan yomg‘ir 12 soat davom etgan. Yog‘ingarchilik miqdori 307 dan 370 mm gacha chiqqan. 

Rio-de-Janeyro shtatining janubiy qirg‘og‘ida joylashgan Angra dus Reis kurort shahrida yana ikki kishi halok bo‘lgan.

Petropolis shahrida fevral oyida ham juda kuchli yog‘ingarchilik kuzatilgan. Oy yakuniga ko‘ra, 230 dan ortiq odam yomg‘ir sabab halok bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Braziliyaning shimoliy, markaziy va janubi-sharqiy qismlarida yoz oylarida (dekabr oyining oxiridan mart oyining oxirigacha) yog‘ingarchilik mavsumi boshlanadi. Uning sababi Amazonning ekvatorial o‘rmonlaridan janubi-sharqiy yo‘nalishda, Atlantika okeani tomon iliq, nam havo harakatidir.


Maqola muallifi

Teglar

yomg'ir Braziliya

Baholaganlar

39

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing