Braziliyada X bloklandi. Undan foydalanganlar jarima to‘laydi
Olam
−
31 avgust 2024
2608Braziliya Oliy sudi X platformasini (avvalgi Twitter) bloklashga qaror qildi. Endi undan foydalanganlar 9000 dollardan ortiq jarima to‘laydi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.
Nashrga ko‘ra, Oliy Federal sud sudyasi Aleksandre de Morayes X’ning mamlakatdagi faoliyatini zudlik bilan va to‘liq to‘xtatib turishni buyurgan. Qarorda texnologik nayranglardan foydalangan jismoniy va yuridik shaxslarga kunlik 50 ming real (8,9 ming dollardan ortiq) miqdorida jarima belgilandi.
Qayd etilishicha, sud ijtimoiy tarmoq Braziliyada yangi qonuniy vakilni taqdim eta olmaganidan keyin shunday qarorga kelgan. 28 avgust kuni Braziliya Oliy sudi Ilon Maskga buni 24 soat ichida bajarishni buyurgan. Shundan so‘ng, 29 avgust kuni “Starlink Holding” akkauntlari bloklangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukrainada Telegram cheklanishi mumkinligi xabar qilingan edi.
LiveBarchasi