Braziliyada futbolchi to‘p zarbi oqibatida vafot etdi (video)

Sport

image

Braziliyaning Amazonas shtatidagi havaskor futbol jamoasi darvozaboni Edson Lopes Gama penalti paytida ko‘kragiga to‘p urilishi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda “Marca” xabar berdi.

Nashrning yozishicha, yosh darvozabon mashg‘ulot paytida penalti zarbalarini qaytarishga uringan. Bir zarbada to‘p uning ko‘krak qafasiga tekkan va u maydonga yiqilgan.
Darvozabon 10 soatdan ortiq vaqt davomida qishloq yo‘llari orqali Maues shahridagi shifoxonaga olib borilgan. Ammo u yerda darvozabon hayotdan ko‘z yumgan. Futbolchida hech qanday yurak hastaliklari bo‘lmagan.

Marhumning dafn marosimida uning oilasi futbolchi muxlislik qilgan “Gremio” klubining futbolkalarini kiygan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Peru chempionatidagi “Yuventud Bellavista” va “Familiya Chokka” klublari o‘rtasidagi o‘yin vaqtida chaqmoq to‘g‘ridan to‘g‘ri maydonga urilishi oqibatida bir futbolchi halok bo‘lgan, yana besh nafari jarohat olgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

futbol Braziliya to'p

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing