Braziliyada dunyodagi eng keksa odam vafot etdi
Bu qiziq
−
02 avgust 2023
17005Braziliyada dunyoning eng keksa odami Xose Paulino Gomes 127 yoshida vafot etdi. Bu haqda “Daily Mail” xabar berdi.
Mahalliy munitsipalitetning ro‘yxatga olish idorasi ma’lumotlariga ko‘ra, erkak 1895 yil 4 avgustda tug‘ilgan. Gomes hayotining so‘nggi oyida to‘shakka mixlanib qolgan va 28 iyul kuni u uyida ko‘p a’zolar yetishmovchiligidan vafot etgan.
Xose butun umri davomida chorvachilik bilan shug‘ullangan va faqat 2019 yilda ot minishni to‘xtatgan.
Uning yetti nafar farzandi, 25 nafar nevarasi, 42 nafar chevarasi va 11 nafar evarasi bor.
Rasmiy ravishda braziliyalik Xose eng keksa odam emas edi, chunki u o‘z rekordini ro‘yxatdan o‘tkazmagan.
Ayni paytda sayyoradagi eng keksa odam Ispaniyada istiqomat qiluvchi Mariya Branyas Morera hisoblanadi. Hozir u 115 yoshda.
LiveBarchasi