Braziliyada bortida futbolchilar bo‘lgan samolyot halokatga uchradi
Olam
−
25 yanvar 2021 10255 1 daqiqa
Kecha, 24 yanvar kuni Braziliyada samolyot halokatga uchradi. Bu haqda "Globo Esporte" xabar bergan.
Manbaga ko‘ra, samolyot bortida Braziliyaning to‘rtinchi divizionida harakat qiladigan "Palmas" klubining to‘rt nafar futbolchisi va Prezidenti bo‘lgan.
Ularning barchasi, shuningdek, uchuvchi ham halok bo‘lgan.
"Lukas Praksedes, Gilerme Noe, Ranule va Markus Molinari, klub Prezidenti Lukas Meyra, shuningdek, uchuvchi bo‘lgan samolyot xususiy uchish-qo‘nish joyidan uzoq bo‘lmagan hududga quladi. Tirik qolganlar yo‘qligini e’lon qilishdan afsusdamiz", deyilgan klub bayonotida.
Samolyot Tokantins shtatida havoga ko‘tarilgandan so‘ng darhol qulab tushgan. Futbolchilar Goyaniyaga, uchrashuvga yo‘l olgan bo‘lishgan. Halokat sabablari haqida tafsilotlar berilmagan.
Live
Barchasi