Yana bir davlat rahbari koronavirusga chalindi
Olam
−
08 iyul 2020
16982Braziliya Prezidenti Jair Bolsonaru koronavirusga test topshirdi. Natijalar esa uning organizmida ushbu virus allaqachon in qurganini ko‘rsatdi. Bu haqda davlat rahbarining o‘zi qarorgohida turib jurnalistlarga ma’lum qilgan.
Davlat rahbari o‘zini yaxshi his qilmoqda va virusning boshqalarga yuqishi oldini olish choralarini ko‘rmoqda.
Prezidentda kasallik alomatlari paydo bo‘lgach, uning yaqin kunlarda rejalashtirilgan barcha uchrashuvlari bekor qilingan.
Bolsonaru koronavirus pandemiyasi tufayli o‘zini izolyatsiya qilish va boshqa ijtimoiy masofadagi chora-tadbirlarning faol muxoliflaridan biri sifatida tanilgan. Biroq, u jurnalistlar bilan uchrashuvda niqob taqqan edi.
Davlat rahbari faoliyatini masofadan turib davom ettirishini ma’lum qilmoqda.
Bolsonaru bir necha bor pandemiya munosabati bilan o‘rnatilgan karantin choralarini tanqid qilgandi. Davlat rahbari cheklovlar mamlakat iqtisodiyotini halokatli oqibatlarga olib kelishi, ommaviy tartibsizlik va ishsizlikning kuchayishini ta’kidlagandi. U bir necha bor jamoatchilik qarshisida niqobsiz paydo bo‘ldi va xavfsizlik choralariga rioya qilmadi.
Koronavirus bilan bog‘liq ilk holat 26 fevral kuni qayd etilgan Braziliya ayni vaqtda pandemiya avj olishi bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turibdi. Mamlakatda 1 million 668 589 kishi koronavirusga chalingan. Bemorlarning 1 million 107 012 nafari vafot etgan, 66 741 nafari sog‘aygan.
LiveBarchasi