Braziliya Prezidenti qarorgohi qarshisida yo‘lovchilari bor avtobus yoqib yuborildi
Olam
−
26 iyun 2020
6919Braziliya Prezidenti Jair Bolsonaru siyosatiga norozilik sifatida noma’lum kishilar ichida yo‘lovchilari bo‘lgan avtobusni yoqib yuborishdi. Hodisa davlat rahbari qarorgohi ro‘parasida yuz berdi. Bu haqda G1 portali xabar bermoqda.
Xabar qilinishicha, noma’lum shaxs avtobusga benzin sepib, unga o‘t qo‘ygan va tashqariga qarab qochgan. Shundan so‘ng u “Bolsonaru qulasin”, deya baqirgan.
Ushbu voqealar amaldagi Prezidentning ish joyi joylashgan Planaltu saroyining ro‘parasida sodir bo‘ldi.
Avtobusga olov qo‘ygan shaxsni ushlashgan. U politsiya komissariatiga olib ketilgan.
O‘t o‘chiruvchilar faqat qisman yonib ketgan avtobusni o‘chirishga muvaffaq bo‘lishgan. Avtobusda bo‘lgan 10 nafar yo‘lovchidan hech kim zarar ko‘rmagan.
Ma’lumot uchun, Braziliyada Prezident Jair Bolsonaru siyosatiga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda. Hususan, davlat rahbarining koronavirusga qarshi olib borayotgan siyosati odamlarning keskin noroziligiga sabab bo‘lmoqda.
LiveBarchasi