Braziliya G‘azoga 11 tonna gumanitar yordam jo‘natdi
Olam
−
14 dekabr 2023
2779Braziliya Prezidenti Luis Inasiu Lula da Silvaning buyrug‘i bilan G‘azoga 11 tonna oziq-ovqat jo‘natildi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Braziliya havo kuchlari tomonidan G‘azoga yuborilgan 11 tonna oziq-ovqat Misrning El-Arish shahriga yetkazilgan.
Bildirilishicha, Lula da Silva ko‘rsatmasi bilan yuborilgan oziq-ovqat posilkalari Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi xodimlariga topshiriladi va u yerdan G‘azoga jo‘natiladi.
Gumanitar yordam Braziliya Hamkorlik Agentligi bilan kelishilgan holda Yersiz Ishchilar Harakatiga aloqador fermerlar tomonidan yetkazilgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Xitoy G‘azo sektoriga yaqin Sharqdagi mojaro kuchayganidan beri 4 million dollardan ortiq gumanitar yordam ko‘rsatgani ma’lum qilingandi. Yevrokomissiya esa 2024 yilda falastinliklar uchun 125 million yevro (134 million dollar) miqdorida gumanitar yordam ajratishini bildirdi. "The Weeknd" taxallusi bilan tanilgan kanadalik qo‘shiqchi Abel Tesfaye G‘azodagi gumanitar yordam harakatlariga o‘z hisobidan 2,5 million AQSH dollari o‘tkazdi. “Saroy javohiri” serialidagi Tangem obrazi bilan ko‘pchilikka tanish bo‘lgan koreyalik mashhur aktrisa Li Yong E Falastin-Isroil mojarosi oqibatida jabrlangan bolalarni qo‘llab-quvvatlash uchun 50 million von (38,54 ming dollar) xayriya qildi.
LiveBarchasi