Braziliya Aqtau yaqinidagi halokat yuzasidan tergovga qo‘shildi

Olam

image

Braziliya harbiy-havo kuchlari tergovchilari Ozarbayjon samolyotining qulashi sabablarini aniqlashda ishtirok etadi. Bu haqda “Report” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ular Qozog‘iston rasmiylari tomonidan olib borilayotgan tergovga texnik yordam ko‘rsatadi.

Shuningdek, Braziliya Ozarbayjon havo yo‘llarining Embraer 190 samolyoti halokatini tergov qilishda ishtirok etish uchun Qozog‘istonga o‘z harbiy-havo kuchlaridan uch nafar tergovchini jo‘natgan.

Xabarga ko‘ra, braziliyalik tergovchilar Qozog‘iston rasmiylari tomonidan sanoatda “13-ilova” yuridik nomi bilan mashhur bo‘lgan xalqaro qoidalar asosida olib borilayotgan tergovga texnik yordam ko‘rsatadi.

Qozog‘istonning “Lada” agentligi xabar berishicha,  Ozarbayjon vakillari, jumladan, Fuqaro aviatsiyasi davlat agentligi va Ozarbayjon havo yo‘llari (AZAL) delegatlari Aqtau yaqinidagi aviahalokatni o‘rganish uchun  yetib borgan. Xabarda aytilishicha, samolyot ishlab chiqaruvchi Embraer va Braziliyaning CENIPA aviahalokatlarini tekshirish va oldini olish markazi mutaxassislari ham tergovga qo‘shilgan.

Eslatib o‘tamiz, 25 dekabr kuni Ozarbayjon havo yo‘llarining 8432-reysi Aqtau shahri yaqinida favqulodda qo‘nish chog‘ida halokatga uchrashi oqibatida 38 yo‘lovchi vafot etgandi. Shundan so‘ng, Ozarbayjon hukumati tomonidan ushbu ishga oid jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon Braziliya Aqtau

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing