BP To‘ra Bobolovga tegishli ekani aytilgan haqoratlarga to‘la audio bo‘yicha tekshiruv boshladi

Jamiyat

image

Bugun, 18 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolovga tegishliligi ta’kidlanib, tarqatilgan audioyozuvlar bo‘yicha tekshiruv boshlandi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati hokimi T.Bobolovga tegishliligi ta’kidlanib, tarqatilgan audioyozuvlarning haqqoniyligi, qachon, qayerda va qanday holatlarda yuz berganligi hamda boshqa holatlar Bosh prokuratura tomonidan o‘rganilmoqda”, deyiladi munosabatda.

Eslatib o‘tamiz, audioyozuvda hokim ekani aytilgan shaxs Angor tumani prokurorini kurakda turmaydigan so‘zlar bilan haqoratlagan. O‘z navbatida, huquq himoyachisi ham hokimga javob qaytargan.

Surxondaryo viloyati hokimligi audioyozuv fevral oyida o‘tkazilgan hokim soatidan yozib olingani va montaj qilinib, turlicha talqin qilinayotganini bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Bosh prokuratura

Baholaganlar

669

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing