BP ikkita davlat dasturi doirasida kamchiliklarni aniqlash uchun maxsus platformani ishga tushirdi
Jamiyat
−
25 may 2021
1654Joriy yilda “Obod qishloq”, “Obod mahalla” va boshqa dasturlar doirasida 7 794 ta qishloq va mahallada 20,8 trln so‘mlik qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladi.
Ushbu dasturlar doirasidagi ishlarning barcha bosqichlarini onlayn kuzatib borish imkonini beruvchi elektron dastur ishga tushirildi.
Dasturlar ijrosi yuzasidan jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish maqsadida maxsus Telegram-bot (@obod_mahalla_dasturi_bot) dasturi ham ishlab chiqildi.
“Agar Siz yashayotgan hududda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida qurilayotgan bino-inshootlarda kamchiliklarni payqasangiz, qurilish ishlarining sifatsiz olib borilayotgani yoki to‘xtab qolganining guvohi bo‘lsangiz, asl holatni suratga oling va maxsus telegramm-botga joylashtiring!”, deyiladi Bosh prokuratura xabarida.
Buning uchun mavjud kamchilikni suratga olasiz va maxsus telegramm-botga kirib, ob’ekt joylashgan hududni belgilab, “Yuborish” tugmasini bosasiz.
Elektron dastur “Ishchi guruh”ni avtomatik tarzda qizil belgi bilan kelib tushgan murojaat haqida xabardor qiladi.
So‘ngra “Ishchi guruh” tomonidan mavjud salbiy holatni bartaraf etish choralari ko‘riladi.
Unutmang, barcha fuqarolar qurilish ishlari bilan tanishib, kamchiliklar to‘g‘risida o‘z murojaatini yuborish imkoniga ega.
LiveBarchasi