BP 14 yoshli qiz zo‘rlangani haqidagi xabarga munosabat bildirdi

3-sahifa

image

Avvalroq, Toshkent viloyatida 14 yoshli qiz o‘g‘irlab ketilgani va zo‘rlangani haqida xabar tarqalgani va viloyat IIBB holatga izoh bergani xabar qilingandi.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi holat yuzasidan o‘tkazilgan surishtiruv haqida rasmiy ma’lumot berdi. 

Aniqlanishicha, holat yuzasidan O‘rtachirchiq tumani prokurori tomonidan 2020 yil 30 sentyabr kuni Jinoyat kodeksining 128-moddasi (O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilgan. 

Dastlabki surishtiruv harakatlari davomida, jinoyat ishiga jalb qilingan gumondor shaxsni ayblanuvchi tariqasida ishga jalb qilish uchun asoslar yetarli emasligi, tayinlangan ekspertizalar xulosalari tayyor bo‘lmaganligi sababli 2020 yil 30 oktyabr kuni jinoyat ishi yuzasidan olib borilayotgan dastlabki surishtiruv xarakatlari jinoyat-protsessual tartibida harakatdan vaqtincha to‘xtatilgan.

Mazkur jinoyat ishi 2021 yil 13 fevral kuni qayta tiklanib, tergov har tomonlama to‘la va xolisona olib borilishini ta’minlash, ayblanuvchi, fuqaroviy da’vogar va jabrlanuvchi  tariqasida ishtirok etishga jalb qilinishi lozim bo‘lgan shaxslarni aniqlash uchun holatga guvoh bo‘lgan shaxslarni tergovga jalb qilish zarurligi sababli jinoyat ishi tergov organiga o‘tkazilgan.

Hozirda O‘rtachirchiq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Bosh prokuratura tajovuz

Baholaganlar

532

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing