Bozorlarni egallash uchun jahonda qattiq kurash ketyapti – Mirziyoyev
Jamiyat
−
16 yanvar
3495Prezident Shavkat Mirziyoyev investitsiya va bozorlarni egallash uchun jahonda qattiq kurash ketayotganini qayd etdi. Bu haqda u bugun, 16 yanvar kuni o‘zi raisligida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Uning aytishicha, loyihalar uchun chetdan mablag‘ olib kelish qanchalik qiyin bo‘layotganini, uni samarali ishlatish kerakligini barcha rahbarlar tushunishi shart.
Belgilab berilgan vazifalar ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirish, aniq mexanizmini belgilab, eng quyi bo‘g‘ingacha tushirish topshirildi.
Vazirlar, tarmoq rahbarlari, viloyat hokimlari oldiga tumanlarga tushib, o‘z ishini joyida tashkil qilish vazifasi qo‘yildi.
Tashqi bozordagi kuchli raqobat, logistikadagi qiyinchiliklarga qaramasdan, bu yil eksportni 30 milliard dollardan oshirish zarurligi qayd etildi.
O‘zbekistonda xom ashyosi bo‘lgan to‘qimachilik, elektrotexnika kabi “drayver” tarmoqlarda bor imkoniyat to‘liq ishga solinmayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Kreativ yondashuvlardan foydalanib, bu tarmoqlar eksportini 2-3 karra oshirish imkoniyati borligi ta’kidlandi. Shu bois, bu ikkita drayver tarmoqni rivojlantirish, eksportga ishlayotgan korxonalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash katta qaror loyihasi tayyorlandi.
Xususan, eksportchilarni aylanma mablag‘ bilan ta’minlash uchun alohida Faktoring tashkiloti ochilib, unga 100 million dollar ajratiladi. Korxonalarning xalqaro sertifikat talablariga moslashish xarajatlarining 20 ming dollargacha qismi qoplab beriladi.
Rivojlanish va tadqiqot markazlari uchun olib kelinadigan laboratoriya jihozlari bojxona bojlaridan ozod qilinadi. Xalqaro marketpleyslar orqali mahalliy mahsulotlarni ilgari surish uchun 2 million dollar yo‘naltiriladi.
Mutasaddilarga har bir tarmoqning tashqi bozorlardagi imkoniyatini tahlil qilib, uch yillik eksport strategiyasini ishlab chiqish topshirildi.
Ma’lum qilinishicha, o‘tgan yilda yangi yondashuv asosida 12 ta texnopark xorijiy korxonalar boshqaruviga berilgan. Ushbu hududlarda 2,5 milliard dollarlik 27 ta loyiha joylashtirilgan.
Bunday texnoparklar Turkiya kompaniyalari bilan Zangiotada, Tatariston bilan Karmanada, Xitoy bilan Andijon, Karmana tumanlari, Olmaliq, Chirchiq, Zarafshon, Qo‘qon va Toshkent shahrida tashkil qilinmoqda.
Mutasaddilarga xorijiy investorlarni topib, mavjud iqtisodiy zonalarning bo‘sh hududlarida texnopark tashkil qilish bo‘yicha taklif kiritish topshirildi.
Yig‘ilish davomida vazirlik va hududlar rahbarlarining hisobotlari tinglandi.
Eslatib o‘tamiz, videoselektorda erkin iqtisodiy zonalardagi korxonalar kiritgan sarmoyasiga qarab imtiyoz olayotgani, biroq bu mablag‘lar tannarxni pasaytirish, eksportga chiqish uchun xizmat qilmayotgani ko‘rsatib o‘tilgandi. Shu bois, endi faqat eksportga ishlaydigan erkin iqtisodiy zonalar tashkil etilishi belgilandi. Ushbu zonalarda xorijiy brendlar bilan yuqori qiymatli, tashqi bozorlarda talabi bor mahsulotlar ishlab chiqariladi.
LiveBarchasi
Isroil va HAMAS kelishuvga erishdi.
15 yanvar
Eron Prezidenti Markaziy Osiyoga keldi.
15 yanvar