Bozorlardagi narx-navo e’lon qilindi
Jamiyat
−
17 Sentabr 2021 6791 1 daqiqa
O‘zbekistondagi dehqon bozorlarida go‘sht 45 000 – 80 000 so‘mdan, o‘simlik yog‘i esa 14 000 – 24 000 so‘mdan sotilmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi hududlardagi markaziy dehqon bozorlarida kuzatuv o‘tkazib, ma’lum qildi.
Qo‘mita kuzatuv natijalari bo‘yicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini e’lon qildi.
2021 yil 15 sentyabr holatiga:
- Suyakli mol go‘shti (1 kg) — 45000 – 68000 so‘m
- Qo‘y go‘shti (1 kg) — 52000 – 80000 so‘m
- Kartoshka (1 kg) — 2000 – 5000 so‘m
- Piyoz (1 kg) — 800 – 3000 so‘m
- Sabzi (1 kg) — 2000 – 9000 so‘m
- Tuxum (10 dona) — 6000 – 16000 so‘m
- Guruch (1 kg) — 5000 – 18000 so‘m
- O‘simlik yog‘i (1 l) — 14000 – 24000 so‘m
- Shakar (1 kg) — 7500 – 9000 so‘m
Xabarga ko‘ra, narxlar kuzatuv amalga oshirilayotgan vaqtda qayd etiladi. Ma’lumotlarni to‘plash vaqti, sanasi hamda joyi o‘zgarishiga qarab ham, narxlarning tebranish holatini ko‘rish mumkin.
Live
BarchasiDehqonobod tumaniga sel keldi
23 aprel