Bozorlarda kartoshka va sabzi arzonlashdi

Jamiyat

image

O‘zbekistondagi markaziy dehqon bozorlarida kartoshka 3 000 – 6 500 so‘mdan, sabzi esa 1 000 – 4 500 so‘mdan sotilmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi hududlardagi markaziy dehqon bozorlarida o‘tkazgan kuzatuv natijalari bo‘yicha ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari e’lon qilingan.

Joriy yil 15 dekabr holatiga ko‘ra, oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari quyidagicha:

  • Suyakli mol go‘shti (1 kg) – 45000 – 68000 so‘m;
  • Qo‘y go‘shti (1 kg) – 52000 – 80000 so‘m;
  • Kartoshka (1 kg) – 3000 – 6 500 so‘m;
  • Piyoz (1 kg) – 1200 – 4000 so‘m;
  • Sabzi (1 kg) – 1000 – 4500 so‘m;
  • Tuxum (10 dona) – 7000 – 15000 so‘m;
  • Guruch (1 kg) – 4500 – 17 500 so‘m;
  • O‘simlik yog‘i (1 l) – 13 600 – 24000 so‘m;
  • Shakar (1 kg) – 7500 – 10500 so‘m.

Statqo‘m narxlar kuzatuv amalga oshirilayotgan vaqtda qayd etiladi. Ma’lumotlarni to‘plash vaqti, sanasi hamda joyi o‘zgarishiga qarab, narxlar o‘zgarishi mumkinligini eslatib o‘tgan.

Ma’lumot uchun, o‘tgan haftada kartoshka 3 000 – 7 500 so‘mdan, sabzi esa 1 000 – 5 500 so‘mdan sotilayotgandi.


Maqola muallifi

Teglar

bozor

Baholaganlar

203

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing