Bozorlarda go‘sht, shakar va kartoshkaning narxi qanday bo‘lyapti?
Jamiyat
−
03 iyun 2022
16517O‘zbekistondagi dehqon bozorlarida go‘sht 45 000 – 86 000 so‘mdan, shakar 9000 – 14 000 so‘mdan sotilmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Statqo‘m hududiy markaziy dehqon bozorlarida ayrim mahsulotlarning narxlari bo‘yicha o‘tkazilgan kuzatuv natijalarini e’lon qildi.
Joriy yilning 1 iyun holatiga alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari:
• Suyakli mol go‘shti (1 kg) – 45 000 – 73 000 so‘m
• Qo‘y go‘shti (1 kg) – 55 000 – 86000 so‘m
• Kartoshka (1 kg) – 3000 – 8000 so‘m
• Piyoz (1 kg) – 2000 – 6000 so‘m
• Sabzi (1 kg) – 2000 – 7000 so‘m
• Tuxum (10 dona) – 6500 – 15 000 so‘m
• Guruch (1 kg) – 4500 – 21 000 so‘m
• O‘simlik yog‘i (1 l) – 15 500 – 28 000 so‘m
• Shakar (1 kg) – 9000 – 14 000 so‘m
Statqo‘m narxlar kuzatuv amalga oshirilayotgan vaqtda qayd etiladi. Ma’lumotlarni to‘plash vaqti, sanasi hamda joyi o‘zgarishiga qarab, narxlar o‘zgarishi mumkinligini eslatib o‘tgan.