Bozorlarda go‘sht, piyoz va shakar narxi oshdi

Jamiyat

image

O‘zbekistondagi dehqon bozorlarida so‘nggi bir haftada go‘sht, piyoz va shakar narxi oshdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi hududlardagi markaziy dehqon bozorlarida o‘tkazgan kuzatuv natijalari bo‘yicha ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari e’lon qilingan.

Joriy yil 10 mart holatiga ko‘ra, oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari quyidagicha: 

•    Suyakli mol go‘shti (1 kg) – 45 000 – 70 000 so‘m

•    Qo‘y go‘shti (1 kg) – 55 000 – 80000 so‘m

•    Kartoshka (1 kg) – 3000 – 7000 so‘m

•    Piyoz (1 kg) – 1500 – 5000 so‘m

•    Sabzi (1 kg) – 1000 – 5000 so‘m

•    Tuxum (10 dona) – 6000 – 14000 so‘m

•    Guruch (1 kg) – 5000 – 17 500 so‘m

•    O‘simlik yog‘i (1 l) – 13 600 – 24000 so‘m

•    Shakar (1 kg) – 8000 – 10500 so‘m

Statqo‘m narxlar kuzatuv amalga oshirilayotgan vaqtda qayd etiladi. Ma’lumotlarni to‘plash vaqti, sanasi hamda joyi o‘zgarishiga qarab, narxlar o‘zgarishi mumkinligini eslatib o‘tgan.


Maqola muallifi

Teglar

bozor

Baholaganlar

761

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing