Bozorlarda go‘sht qimmatlashdi

Jamiyat

image

Joriy yilning 3 avgust holatiga ko‘ra, hududlardagi markaziy dehqon bozorlarida suyakli mol go‘shti 49 ming 500 so‘mdan 78 ming so‘mgacha sotilmoqda. 1 kg qo‘y go‘shtining narxi esa 58 mingdan boshlanib, 90 minggacha chiqqan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Statqo‘mga ko‘ra, 1 kg piyoz 2 mingdan 7,5 ming so‘mgacha sotilgan bo‘lsa, kartoshka 2 mingdan 6 ming so‘mgacha baholangan.

Sabzi ming so‘mdan 6 ming so‘mgacha, guruch esa 5 ming so‘mdan 25 ming so‘mgacha aholiga sotilgan. 10 dona tuxumning narxi 7 mingdan 15 ming so‘mgacha yetgan.

Bozorlarda 1 litr o‘simlik yog‘ini o‘rtacha 16 so‘mdan 30 ming so‘mgacha sotilgan. 1 kg shakar narxi esa 11 ming so‘mdan 17 ming so‘mgacha yetgan.

Statqo‘m narxlar kuzatuv amalga oshirilayotgan vaqtda qayd etiladi. Ma’lumotlarni to‘plash vaqti, sanasi hamda joyi o‘zgarishiga qarab, narxlar o‘zgarishi mumkinligini eslatib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, 27 iyul holatiga ko‘ra, hududlardagi markaziy dehqon bozorlarida suyakli mol go‘shti 49 ming 500 co‘mdan 77 ming so‘mgacha, 1 kg qo‘y go‘shtining narxi esa 55 mingdan boshlanib, 90 minggacha sotilayotgandi.


Maqola muallifi

Teglar

bozor narx

Baholaganlar

244

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing