Bozorlar va supermarketlar teplovizorlar va antiseptik vositalar bilan jihozlanadi

Jamiyat

image
Koronavirusning yana bir alomati aniqlandi north_east

Koronavirusning yana bir alomati aniqlandi

Nukus shahri, viloyat va tuman markazlarida joylashgan barcha yirik dehqon bozorlari va savdo majmualari (supermarket, gipermarket va boshqalar) kirish-chiqish joylarini tegishli mutaxassislar bilan ta’minlagan holda teplovizorlar va antiseptik vositalar bilan jihozlanadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida aytilgan.

Ushbu tartib birinchi bosqichda Toshkent shahriga, keyinchalik bosqichma-bosqich Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda tatbiq etiladi. 

Shuningdek, respublika hududiga xorijiy davlatlardan, shuningdek, Toshkent shahriga boshqa hududlardan kirib kelayotgan barcha transport vositalari, tovar va yuklarning majburiy ravishda dezinfeksiya qilinishi ta’minlanadi.

Ushbu chora-tadbirlarni moliyalashtirish Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

Eslatib ўтамиз, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtda ushbu virusni yuqtirib olganlar 46 nafarga yetdi.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Vazirlar Mahkamasi qarori bozor koronavirus supermarket

Baholaganlar

55

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing