Koronavirusning yana bir alomati aniqlandi

Salomatlik

image

Koronavirusga chalingan insonlarda ovqat ta’mini bilish va hid ajratish xususiyati yo‘qolar ekan. Bunday xulosaga Britaniya Otorinolaringologiya Assotsiatsiyasi (ENT UK) olimlari kelishdi. Ularning ta’kidlashicha, bu koronavirusga chalingan, ammo uning alomatlari kuzatilmagan bemorlarni aniqlashda qo‘l keladi.

“Bunga Janubiy Koreya, Xitoy va Italiyada COVID-19 infeksiyasiga chalingan bemorlarda tasdiqlangan faktlar ham misol bo‘la oladi. Ularda giposmiya/anosmiyaning (hid bilish hissining kamayishi/yo‘qolishi) rivojlangan. Germaniyada har uch bemorning ikki nafarida anosmiya kuzatilgan. Janubiy Koreyada esa infeksiyaga yengil ko‘rinishda chalinganlarning 30 foizida asosiy alomat anosmiya bo‘lgan”, deyiladi ENT UK ma’lumotida. 

Assotsiatsiya mutaxassislarining ta’kidlashicha, hid bilish hissining umuman yo‘qolishi har qanday koronavirus infeksiyasi yoki 200 dan ortiq ma’lum viruslardan biriga chalingan taqdirda ham 10-15 foiz hollarda uchraydi. Biroq koronavirus pandemiyasi butun dunyoga yoyilgani hisobga olinadigan bo‘lsa, ushbu alomatni COVID-19’ning boshqa simptomlari kuzatilmagan odamlarda tekshirib ko‘rish foydadan holi emas.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

3370

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing