Bojxonada 113 kg narkotik ushlab qolindi

3-sahifa

image

Joriy yilning noyabr-dekabr oylarida 91 ta kontrabanda va bojxona qonunbuzilishi holati aniqlandi. Bu haqda bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu holatlarda jami 113 kg narkotik moddalar, jumladan, sintetik giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yilgan. Shuningdek, 41 ta holatda 40 kg psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar noqonuniy aylanmasi aniqlanib, ularning aylanmasi to‘xtatilgan.

Bu ko‘rsatkichlar, ayniqsa, joriy yilda bojxona organlari tomonidan giyohvand moddalar va psixotrop vositalarni aniqlash hajmining oshgani bilan hamohang. Masalan, 2025 yilning birinchi 10 oyida Bojxona qo‘mitasi tomonidan 1,6 tonna giyohvandlik vositalari aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 114 kishi pora olgani uchun qamalgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Bojxona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing