Bojxonachilardan qochishga uringan avtomashina qo‘lga olindi

Jamiyat

image

Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasining Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan viloyatning Quvasoy shahrining chegara oldi hududida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida qonunbuzar avtomashinada qochishga urindi.

Fuqaro J.N boshqaruvidagi “DongFeng” rusumli avtomashina “Nayman-Toshloq” yo‘nalishida harakatlanish chog‘ida chegara hududida to‘xtatildi, ammo haydovchi avtomashinada qochishga urindi, aylanma yo‘llarda avtomashina nosoz holga kelgandan so‘ng esa to‘xtashga majbur bo‘ldi. Avtomashina xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, uning yukxonasida muqaddam qo‘shni respublikadan noqonuniy ravishda olib kelingan, xorijda ishlab chiqarilgan, tegishli hujjatlari bo‘lmagan, umumiy qiymati 45 million so‘mlik jami 15 ming dona “100 vt.li elektro lampochka” tovarlari borligi aniqlandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 20 oktyabrdagi “Energiyani tejaydigan lampalar mahalliy ishlab chiqarilishini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 299-sonli qaroriga ko‘ra, elektr cho‘g‘lanma lampalarni 2016 yil 1 iyuldan erkin muomalaga chiqarish va 2017 yil 1 yanvardan boshlab esa O‘zbekiston Respublikasi hududida realizatsiya qilinishi taqiqlangan.

Hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Jinoyat

Baholaganlar

31

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made