Bojxonachilar Lacetti`dagi 41 ta iPhone`ni musodara qildi
Jamiyat
−
24 noyabr 2019
5998Toshkent viloyatida fuqaro 1 mlrd 36 mln so‘mlik noqonuniy tovarlarni olib ketayotgan aniqlandi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona konunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan Toshkent viloyati Ohangaron tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida, Toshkent viloyati Ohangaron tumanida fuqaro S.O. boshqaruvida bo‘lgan Lacetti rusumli avtomobil to‘xtatilib, belgilangan tartibda tekshirildi.
Natijada, avtoulov yukxonasida yo‘lovchi fuqaro T.Z. tomonidan tegishli hujjatlarsiz, umumiy qiymati 1 milliard 36 million so‘mlik 41 dona uyali aloqa telefonlari va 795 dona qo‘l soatlari olib ketilayotganligi aniqlandi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi