Bojxona orqali marhumlar nomiga yuk olib kirilgani fosh bo‘ldi

3-sahifa

image

O‘zbekiston hududiga bojxona orqali 568 nafar vafot etgan shaxs nomiga yuk olib kelingani aniqlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Aniqlanishicha, bojxona orqali ayrim kurerlik tashkilotlari tomonidan fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlaridan ularning ruxsatisiz foydalanib, joriy yilda 4 ta holatda  200 dan ortiq fuqaro nomiga yuklar olib kelingan. Bundan tashqari, 1,4 milliard so‘mlik tovarlar vaqtincha saqlovga olinib, kurerlarga nisbatan jinoiy ishlar qo‘zg‘atilgan.

“Bir yil davomida fuqarolarning ruxsatisiz ularning nomiga olib kelingan yuklar o‘rganilganda, ushbu fuqarolarning 568 nafari olamdan o‘tgan shaxslar ekani aniqlangan”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 9 mart kuni, Namanganda 1 milliard so‘mlik tilla buyumni bojxona nazoratisiz olib o‘tmoqchi bo‘lganlarga sud hukmi o‘qilgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

bojxona marhumlar nomidagi yuklar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing