Bojxona omborlarida qancha oziq-ovqat mahsulotlari mavjud? (ro‘yxat)

Jamiyat

image

Joriy yilning 20 aprel kuni holatiga bojxona omborlarida qiymati 42,1 mln AQSH dollariga (94,9 ming tonna) teng oziq-ovqat (shu jumladan bug‘doy) tovarlari saqlanmoqda. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati QALAMPIR.UZga ma’lum qilmoqda. 

Qayd etilishicha, bojxona omborlarida asosan quyidagi mahsulotlar mavjud:
•    bug‘doy (68,9 ming tonna, qiymati 13,5 mln dollar),
•    go‘sht (3,7 ming tonna, qiymati 4,2 mln dollar),
•    kungaboqar yog‘i (3,2 ming tonna, qiymati 2,3 mln dollar),
•    shakar (2,2 ming tonna, qiymati 836,3 ming dollar),
•    margarin (2,1 ming tonna, qiymati 2,4 mln dollar),
•    soya, araxis, zaytun yog‘i (1,5 ming tonna, qiymati 1,2 mln dollar),
•    kartoshka (ming tonna, qiymati 143,3 ming dollar),
•    konservalangan sabzavotlar (879,7 tonna, qiymati 917,7 ming dollar), 
•    sut mahsulotlari (471,4 tonna, qiymati 586,4 ming dollar),
•    makaronlar (453,2 tonna, qiymati 570,6 ming dollar),
•    guruch (448,0 tonna, qiymati 137,3 ming dollar),
•    bolalar ovqati (375,6 tonna, qiymati 1,9 mln dollar),
•    no‘xat (330,2 tonna, qiymati 111,9 ming dollar),
•    bio qo‘shimchalar (327,7 tonna, qiymati 2,8 mln dollar),
•    un (233,9 tonna, qiymati 77,1 ming dollar),
•    konservalangan go‘sht maxsulotlari (202,0 tonna, qiymati 185,7 ming dollar),
•    boshqa oziq-ovqat mahsulotlari (2722,3 tonna, qiymati 2,6 mln dollar).

Ma’lumot uchun, bojxona omborlaridagi holat o‘zgaruvchan bo‘lib, rasmiy ma’lumotlar bojxona mas’ullari tomonidan kunlik yangilab boriladi.
 


Maqola muallifi

Teglar

bojxona karantin

Baholaganlar

63

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing