Bojxona inspektori $3 ming bilan ushlandi

3-sahifa

image

Toshkent shahridagi “Keles” temir yo‘l chegara bojxona posti inspektori 3 ming AQSH dollari pora olgan vaqtida qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Aniqlanishicha, inspektor fuqaro A.Z. tomonidan O‘zbekiston hududiga aylanma yo‘llar orqali olib kirilgan 10 dona iPhone rusumli uyali aloqa vositalarini boshqa fuqarolarning pasport ma’lumotlaridan foydalangan holda ular nomiga bojxona hujjatlarini rasmiylashtirish va qurilmalarning IMEI kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazib berish evaziga 3 000 AQSH dollari talab qilgan.

U tezkor tadbir davomida ushbu mablag‘ni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Andijon suv ta’minoti” rahbari 8 500 AQSH dollari bilan, Qashqadaryo viloyatida esa tibbiyot sohasidagi mansabdor shaxs 3 000 AQSH dollari pora bilan qo‘lga olingani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing