Boj to‘lashdan shartli ozod etiladigan tovarlar ro‘yxati to‘ldirildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Bojxona bojlari va soliqlar to‘lashdan shartli ozod etish, ozod etish shartlari, shuningdek imtiyozlarning amal qilish muddatlari qo‘llaniladigan vaqtincha olib kiriladigan tovarlar ro‘yxatiga qo‘shimcha kiritildi.

Unga ko‘ra, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirishga mo‘ljallangan, O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan maxsus texnika va texnologik uskunalar bojxona bojlari va soliqlar to‘lashdan shartli ozod etiladi.

Maxsus texnika va texnologik uskunalardan ko‘rsatilgan loyihalar doirasidan tashqarida foydalanganlik holati aniqlanganda, bojxona to‘lovlari belgilangan tartibda undiriladi.

Avvalroq, O‘zbekiston Prezidentining qarori bilan import qilinidagina 27 turdagi yangi qurilish va maxsus texnikalari hamda yuk tashish transport vositalari2021 yil 1 yanvargacha bojxona to‘lovlaridan (qo‘shimcha qiymat solig‘i va bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod etilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

boj

Baholaganlar

173

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing