Boysundan 9 ming yoshdagi o‘roq va donlar topildi

Jamiyat

image

Surxondaryo viloyatidagi Boysun tog‘larida joylashgan To‘da g‘orida olib borilgan arxeologik qazishmalar davomida qadimiy mehnat qurollari va yovvoyi donli o‘simliklar qoldiqlari topildi. Bu haqda Madaniy meros agentligi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, qazishmalar jarayonida qadimiy tosh o‘roqlar, yovvoyi donlarning urug‘lari hamda ularga ishlov berishda foydalanilgan mehnat qurollari aniqlangan. Mutaxassislarning dastlabki xulosalariga ko‘ra, ushbu topilmalar qariyb 9 ming 200 yil avvalgi davrga oid. Xalqaro tadqiqotchilar guruhi aniqlashicha, mazkur kashfiyot mintaqaning qadimiy aholisi ovchilik va terimchilik bilan bir qatorda ilk dehqonchilik amaliyotlaridan ham foydalanganini ko‘rsatadi.

Germaniyadagi Geoantropologiya instituti ilmiy xodimi Robert Shpenglerning ta’kidlashicha, bu topilmalar dehqonchilikning yagona hududda emas, balki dunyoning turli mintaqalarida, jumladan, Yevroosiyoda ham mustaqil ravishda shakllanganini tasdiqlaydi. Arxeologik qazishmalar davomida nafaqat o‘simlik qoldiqlari, balki tosh pichoqlar, o‘roqlar va yovvoyi arpaga ishlov berish uchun mo‘ljallangan boshqa asboblar ham topilgan. Ularning yuzasida g‘alla poyalarini o‘rish va qayta ishlash jarayonlariga oid izlar saqlanib qolgan.

“Ushbu kashfiyot nafaqat O‘zbekiston tarixida, balki insoniyatning ilk agrar madaniyatini o‘rganishda muhim ilmiy dalil sifatida katta ahamiyat kasb etadi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Boysun o'roq topilma

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing