Boylar millionlab dollarga dinozavrlar skeletini sotib olishni boshladi

Olam

image

Dinozavrlarning skeletlari o‘ta boy odamlar xuddi sport klublari yoki Faberje tuxumlari kabi sotib oladigan yangi xaridorgir aktivlar sinfiga aylandi. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.

Nashrning qayd etishicha, ba’zi badavlat xaridorlar bunday xaridlar o‘zida jozibadorlik va ibtidoiy jozibani birlashtiradi deb hisoblaydi. Masalan, “Samson” laqabli tirannozavr skeleti uchun 600 ming dollar to‘lagan milliarder Den O'Daud o‘z xaridini “egalik qilish mumkin bo‘lgan eng hayratlanarli o‘lja” deb atagan.

Maqolaga ko‘ra, bunday aktivning qiymati uning kelib chiqishi, haqiqiyligi (buni aniqlash ancha qiyin), dinozavrning noyobligi va qoldiqlarning butunligiga bog‘liq.

Shu hafta Nyu-Yorkdagi Sotheby's kimoshdi savdosida “Gas” laqabli tirannozavr Reks skeleti telefon orqali noma’lum xaridorga rekord darajadagi 50,1 million dollarga sotilgan. Bu sotuv 2024 yildagi rekordni yangilagan. O‘shanda “Apeks” laqabli stegozavr skeleti 44,6 million dollarga baholanib, sotilgan. “Gas”ning qiymati savdodan oldingi 20–30 million dollarlik bahodan bir necha baravar oshib ketgan.

Sotilgan ushbu qoldiqlar shu paytgacha topilgan eng yirik va eng to‘liq skeletlardan biri hisoblanadi. Ular 2021–2023 yillarda Janubiy Dakotadagi rancholardan birida topilgan bo‘lib, o‘z laqabini qazish ishlari olib borilgan yer egasining sharafiga olgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Amerikada 67 million yillik tirannozavr skeleti kimoshdi savdosiga qo‘yilgani va uning taxminiy qiymati 30-40 million dollarga baholanayotgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing