AQSHda tirannozavr skeleti kimoshdi savdosiga qo‘yildi

Bu qiziq

image

Amerikada 67 million yillik tirannozavr skeleti kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Uning taxminiy qiymati 30-40 million dollarga baholanmoqda. Bu haqda “Artnet News” xabar berdi.

Bu "titan kaltakesagi"ning eng to‘liq skeletlaridan biri. Unga 2021 yilda ikki oyoqli yirtqichning qazilma qoldiqlarini topgan Janubiy Dakotalik fermer Gari “Gus” Liking sharafiga “Gus” laqabini bergan.

2024 yilda Citadel fondi asoschisi Ken Griffin Nyu-Yorkdagi Sotheby’s auksionida Apex laqabli stegozavr skeletini rekord darajadagi 44,6 million dollarga sotib oldi. Dastlab bu lot 4 million dollardan 6 million dollargacha baholangan edi. Apex hozirda Nyu-Yorkdagi Amerika tabiiy tarix muzeyida namoyish etilmoqda.

Auksionda sotilgan birinchi dinozavr skeleti ham tirannozavrga tegishli edi. Auksion 1997 yilda Sotheby’s tomonidan o‘tkazilgan va topilgan "eng to‘liq" tirannozavr suyaklari “Syu” deb nomlangan. U paleontolog Syuzan Xendrikson sharafiga nomlangan. Skelet 1990 yilning aprel oyida Janubiy Dakotadagi ranchoda topilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiyada Eyfel minorasiga tegishli tarixiy spiral zinaning bir bo‘lagi auksionda qariyb 450 ming yevroga sotilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Amerika tirannozavr skelet kimoshdi savdo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing