Argentinada taxminan 90 mln yillik dinozavrning yangi turi suyaklari topildi
Bu qiziq
−
19 may 2023
5201Argentinadagi Milliy ilmiy-texnologik tadqiqotlar kengashi (CONICET) olimlari yerda taxminan 90 million yil avval yashagan ulkan o‘txo‘r dinozavrlarning yangi turi qoldiqlarini topdi. Bu topilma “Cretaceous Research” jurnalida e’lon qilindi.
Yangi tur “chucarosaurus diripienda” deb nomlandi. Tadqiqot mualliflaridan biri Mattias Mottaning ta’kidlashicha, suyak o‘lchamlari taxminan 40-50 tonna og‘irlik va qariyb 30 metr uzunlikni tashkil qiladi. Boshqa yirik dinozavrlar bilan solishtirilganda, bu tur nozik suyaklari bilan ajralib turadi.
Olimlar yangi turni dinozavrlarning zauropod turkumiga kiruvchi deb tasniflagan. Ushbu turning qoldiqlari Rio-Negro provinsiyasida 2019 yilda olib borilgan ekspeditsiya paytida topilgan edi.
“Gigant o‘txo‘r dinozavrlar yangi turining kashf etilishi katta ilmiy ahamiyatga ega bo‘lib, sayyorada million yillar avval yashagan dinozavrlarning xilma-xilligi va evolyutsiyasi haqidagi tushunchani kengaytiradi. Ushbu topilmalar fantastik evolyutsiya jarayonlari sodir bo‘lgan va ajoyib mavjudotlar yashagan qadimgi dunyoni yaxshiroq tushunish va qayta yaratishga yordam beradi”, deyiladi xabarda.
Sevara Azimova
LiveBarchasi