Boyib ketgan “Nyukasl” “Barsa” himoyachisini sotib olmoqchi
Sport
−
12 Oktyabr 2021 5815 1 daqiqa
Ispaniyaning “Barselona” klubi himoyachisi Kleman Langle “Nyukasl” klubi qiziqishlari doirasiga tushdi.
Saudiya Arabistoni investitsion fondi tomonidan moliyalashtirilgach, ingliz klubi maydondagi turli pozitsiyalarni kuchaytirishni maqsad qilgan. Shu tufayli, jamoa markaziy himoya pozitsiyasiga chap oyoqda to‘p suruvchi himoyachi olmoqchiligini ma’lum qildi.
Langle barcha yo‘nalishlar bo‘yicha “Nyukasl”ning xohishlariga mos keladi. Agar “Barselona” uni sotishga rozi bo‘lsa, futbolchi Angliyaga o‘tishga qarshi emasligini ta’kidlagan.
Ma’lumot uchun, Langle “Barselona” safida mavsum boshidan beri biron marta asosiy tarkibda maydonga tushmadi. Shuningdek, Fransiya terma jamoasidan ham chaqiriq olmagan. Uning “Transfermarkt” portalidagi taxminiy narxi 25 million yevro deb belgilangan.
Live
BarchasiTo‘qayev Putinni atoqli davlat arbobi deb atadi
29 Sentyabr