Boyovut tumani hokimining o‘rinbosari vafot etdi

Jamiyat

image

Boyovut tumani hokimining o‘rinbosari – Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i Saodat Abdullayevna Mirzayeva 51 yoshida vafot etdi.

Hokimlik Saodat Mirzayevaning vafoti munosabati bilan marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirgan.

Saodat Mirzayeva 1969 yil 11 noyabrda Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida tug‘ilgan. Mehnat faoliyati davomida maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tarbiyachi, o‘qituvchi, maktab direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2020 yil 26 iyundan hozirgi vaqtgacha Boyovut tumani hokimining o‘rinbosari – mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi. 

QALAMPIR.UZ tahririyati marhumning yaqinlari va do‘stlariga hamdardlik bildiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Sirdaryo Saodat Mirzaeva

Baholaganlar

422

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing