Bouli yozda Chelsi tarkibini “tozalamoqchi”

Sport

image

Angliyaning “Chelsi” klubi yozgi transfer oynasida o‘z tarkibida katta “tozalash” qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “The Telegraph” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “ko‘klar” egasi Todd Bouli yaqinda Saudiya Arabistoniga borib, u yerda mamlakat sport vaziri va Saudiya Arabistoni professional ligasi futbol direktori Maykl Emenalo bilan uchrashgan.

Bouli yozgi transfer oynasi vaqtida futbolchilarni sotish bo‘yicha muzokaralar olib borishga harakat qildi. Gap Romelu Lukaku, Kepa Arrisabalaga, Rahim Sterling, Mark Kukurella, Armando Broya va Trevo Chaloba haqida ketmoqda.

“Chelsi” byudjetidagi 105 million yevrolik kamomadni yopishi kerak, Saudiya Arabistoni esa futbolchilarni sotish borasida eng istiqbolli variant hisoblanadi. Qolaversa, London klubi N'golo Kante, Kalidu Kulibali va Eduard Mendi kabi futbolchilarini ham ushbu mamlakatga sotgan.


Maqola muallifi

Teglar

Chelsi Todd Bouli

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing