“Chelsi” egalari klubdagi ulushlarini sotishga yaqin – OAV
Sport
−
09:24 424 1 daqiqa
Amerikalik milliarderlar Mark Uolter va Todd Bouli Londonning “Chelsi” klubidagi ulushlarini Clearlake Capital investitsiya kompaniyasiga sotish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda o‘z manbalarga tayanib, “Bloomberg” xabar berdi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi haftalarda muzokaralar faollashgan. Uolter va Bouli ehtimoliy kelishuvdan oz miqdorda foyda olishni kutmoqda.
Clearlake Capital va Bouli 2022 yilda “Chelsi”ni rossiyalik biznesmen Roman Abramovichdan taxminan 2,5 milliard funt sterlingga sotib olgan konsorsiumga rahbarlik qilgan.
“Bloomberg”ning yozishicha, AQSH federal hukumatining Uolter kompaniyalariga nisbatan olib borayotgan tekshiruvi uni aktivlarini qayta tuzishga va bir qator bitimlar, jumladan, sport franshizalaridagi ulushlari bilan bog‘liq kelishuvlar bo‘yicha muzokaralarni jadallashtirishga undagan.
“Chelsi”ning taxminan 61,5 foiz ulushiga egalik qiluvchi Clearlake Capital bir necha yildan beri klubdagi ulushini oshirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Biroq avvalgi urinishlar narx bo‘yicha kelishmovchiliklar tufayli muvaffaqiyatsiz yakunlangan.
Ma’lumot uchun, Uolter va Bouli klubni sotib olganidan keyin “Chelsi” Konferensiyalar ligasi hamda Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida g‘olib chiqdi.
Live
Barchasi