Alonsoning “Chelsi”dagi maqsadlari ma’lum bo‘ldi
Sport
−
10:50 1046 2 daqiqa
“Real Madrid” jamoasining sobiq murabbiyi Xabi Alonso Londoning “Chelsi” jamoasi bosh murabbiyi lavozimini egalladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Alonsoning “Chelsi”ga tayinlanishi klubda katta o‘zgarishlar boshlanishini anglatadi. Londonliklar ispaniyalik mutaxassisga oddiy bosh murabbiy emas, balki “menejer” maqomini bergan. Bunday hodisa, Todd Bouli rahbariyati davrida birinchi marta kuzatilmoqda.
Qayd etilishicha, mazkur qaror Alonsoning loyihadagi ahamiyatini ko‘rsatadi va unga klubning asosiy qarorlari, jumladan transfer siyosatiga jiddiy ta’sir o‘tkazish imkonini beradi. Ispaniyalik mutaxassis futbolchilarni sotib olish va sotish jarayonlarida ham muhim so‘z egasi bo‘ladi.
Xabarlarga qaraganda, “Chelsi” yozgi transferlar oynasida tarkibni sezilarli kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Kol Palmer, Moyses Kaysedo va Joao Pedro kabi futbolchilar jamoada daxlsiz hisoblanmoqda.
Shu bilan birga, tarkibga darhol yordam bera oladigan yuqori saviyadagi uch nafar futbolchini xarid qilish rejasi ham bor. Ayrim o‘yinchilar esa, jamoani tark etishi mumkin.
Manbada aytilishicha, klub rahbariyati Alonsoga uni klub egalarining to‘laqonli hamkoriga aylanishini va undan oldingi murabbiylarga nisbatan ko‘proq qarorlarga ta’sir o‘tkaza olishini aniq tushuntirgan. Ispaniyalik mutaxassis allaqachon jamoa tuzishdagi yondashuvi bilan rahbariyatni hayratda qoldirgan. U tarkibda “aqliy jihatdan kuchli futbolchilar”ni ko‘rishni istamoqda.
Shuningdek, “Chelsi” yangi futbolchilar bo‘yicha avvalgi qat’iy yosh siyosatida yumshashga tayyor ekani ham ta’kidlangan. Klub ichidagi kutilmalarga ko‘ra, jamoa keyingi uch mavsum ichida Premer-liga chempionligi uchun jiddiy kurash olib borishi kerak. Rahbariyat Alonsoning tayinlanishini klub rivojidagi yangi bosqich ramzi sifatida baholamoqda va avvalgi xatolardan tegishli xulosa chiqarilganiga ishonmoqda.
Ma’lumot uchun, joriy mavsum yakunlanishiga 2 tur qolganda “Chelsi” APL jadvalida 49 ochko bilan 10-o‘rinda bormoqda.