Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari ishdan olindi
Jamiyat
−
15 Oktabr
8844Toshkent viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Botir Alimbekov lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Alimbekov Toshkent viloyati qishloq xo‘jaligidagi imkoniyatlardan foydalana olmagani, tayyor qilib berilgan tizimni ishlata olmagani uchun lavozimidan bo‘shatilgan.
Botir Alimbekov joriy yilning 29 yanvaridan buyon ushbu lavozimda ishlab kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “O‘zbekiston temiryo‘llari” AJ bosh muhandisi Husniddin Hosilov o‘z arizasiga binoan lavozimidan ozod etilgan edi.
LiveBarchasi