Bosniya va Gersegovina YeIga a’zolikka nomzod maqomini olishi mumkin
Olam
−
07 dekabr 2022
2601Yevropa Ittifoqi yetakchilari 15 dekabr kuni Belgiyaning poytaxti Bryusselda bo‘lib o‘tadigan sammitda Bosniya va Gersegovinaga Ittifoqning a’zoligiga rasmiy nomzod maqomini olishi mumkin. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib, “Bloomberg” xabar berdi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Bosniya va Gersegovina islohotlar yo‘lida sekin borayotgani sababli uzoq vaqt davomida bunday maqomga ega bo‘la olmadi.
Sloveniya Bosh vaziri Robert Golob kecha, 6 dekabr kuni Albaniya poytaxti Tiranada bo‘lib o‘tgan Yevropa Ittifoqi–G‘arbiy Bolqon sammitida so‘zga chiqib, Bosniya va Gersegovinaning jamiyatga kirishi bo‘yicha siyosiy qaror qabul qilinishi kerakligini va bu vaqt masalasi ekanligini aytgan. Shuningdek, Robert so‘zlariga ko‘ra, Bosniya Ittifoqqa kirish uchun katta o‘sish qayd etgan.
Joriy yilning oktyabr oyida Yevropa Komissiyasi YeI Kengashiga Bosniya va Gersegovinaga Yevropa Ittifoqiga nomzod maqomini berishni tavsiya etishga qaror qilgan va mamlakat bu yo‘lda qanday qadamlar qo‘yishi kerakligini sanab o‘tgan.
Ma’lumot uchun, joriy yilning 23 iyun kuni Yevropa Ittifoqi davlat va hukumat rahbarlari Ukraina va Moldovaga hamjamiyatga a’zo bo‘lish uchun nomzod maqomini berishga qaror qildi. Bosniya va Gersegovina esa rad etildi. Shu bilan birga, Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayenning ta’kidlashicha, Ukraina endilikda Yevroittifoqqa qo‘shilish yo‘lidan borish uchun qattiq mehnat qilishi va muhim islohotlarni amalga oshirishi kerak.
LiveBarchasi