Bosniya g‘arbidagi maktabda otishma bo‘ldi
Olam
−
21 avgust 2024
2595Bugun, 21 avgust kuni Bosniya g‘arbidagi Sanski-Most shahridagi o‘rta maktab farroshi maktabning 3 xodimini otib, o‘z joniga qasd qilishga urindi va og‘ir jarohat oldi. Bu haqda CNN nashri xabar berdi.
Una-sana kantoni politsiyasi matbuot kotibi Adnan Beganovichga ko‘ra, politsiyaga soat 10:15 da bir shaxs maktabda miltiqdan o‘t ochgani haqida xabar berilgan.
“Farrosh maktab dekani, kotib va o‘qituvchini o‘ldirgan. So‘ng o‘z joniga qasd qilishga uringan va og‘ir yaralangan”, deydi Beganovich.
Uning qo‘shimcha qilishicha, gumonlanuvchi shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish uchun yaqin atrofdagi Banya-Luka shahriga olib ketilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Yozgi ta’til sabab maktabda bolalar bo‘lmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Turkiyadagi universitet shifoxonasida otishma bo‘lgani xabar qilingan edi.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar