Boshqalarga e’tibor bermayman – Messi Ronaldu bilan raqobat haqida

Sport

image
0:00
0:00
download

PSJ hujumchisi Lionel Messi “Oltin to‘p” sovrinini “Manchester Yunayted” futbolchisi Krishtianu Ronaldudan ko‘ra ko‘proq qo‘lga kiritgani, uning ustun ekanini ko‘rsatadimi? Bu savolga Argentina termasi sardori “France Football”ga bergan intervyusida javob berdi.

“Men har doim o‘zimdan ustun bo‘lishga harakat qilaman va boshqalar nima qilayotganiga e’tibor bermayman. Krishtianu bilan bir necha yil bitta ligada ishtirok etdik. Bu ajoyib edi va bizning darajamiz o‘sishi va rivojlanishiga yordam berdi. Lekin biz bir-birimizga nisbatan adovatda bo‘lmaganmiz”, deydi Messi.

Eslatib o‘tamiz, Messi yettinchi marta “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritganidan so‘ng, ilk intervyusida o‘zini tarixdagi eng yaxshi futbolchi emasligini ta’kidlagan edi.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 29 noyabr kuni Lionel Messi faoliyatida 7-marta “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritdi. Ushbu natija mutlaq rekorddir. 5 karra “Oltin to‘p” sohibi hisoblangan “Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu ovoz berish yakunlariga ko‘ra 6-o‘rinni egalladi va so‘nggi 11 yil ichida birinchi marta kuchli beshlikdan tushib qoldi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Messi PSJ Ronaldu Oltin to'p Real Madrid Man Yunayted Barslona

Baholaganlar

516

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing