Boshqacha olishuv. Habib va Fergyuson jangiga o‘zgartirish kiritildi
Sport
−
24 mart 2020
19633Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmuhamedov 18 aprel kuni Toni Fergyusonga qarshi jang olib boradi. Ushbu uchrashuv Bruklinda bo‘lishi kutilayotgan edi. Ammo koronavirus pandemiyasi sabab Nyu-York shtatidagi barcha tadbirlar bekor qilindi.
UFC 249 prezidenti Dana Uayt jang uchun boshqa joy topganini ma’lum qildi. “Nurmuhamedov va Fergyuson o‘rtasida jang bo‘lib o‘tadi. Buning uchun boshqa joy topdim. Faqat u tomoshabinlarsiz o‘tkaziladi”, degan Uayt.
U jang aynan qayerda bo‘lib o‘tishiga oydinlik kiritmagan. Uaytning ma’lum qilishicha, u yerda hech qanday fanatlar bo‘lmaydi. “Bu yopiq tadbir”, deya qo‘shimcha qilgan UFC 249 prezidenti.
Avvalroq, dog‘istonlik Habib Nurmuhamedov va meksikalik Toni Fergyuson o‘rtasidagi jang koronavirus sabab qoldirilmasligi haqida xabar bergan edik.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQSHda koronavirusga chalinganlar soni 46157 nafarni tashkil etmoqda. 64 kishi shifo topgan bo‘lsa, infeksiya oqibatida 582 kishi vafot etdi.
LiveBarchasi