Bosh vazirning onasi 90 yoshida vafot etdi

Olam

image

Kecha, 28 may kuni Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzodaning onasi Muhabbat Oxunova 90 yoshida vafot etdi.

Bugun, 29 may kuni Muhabbat Oxunova tug‘ilib o‘sgan jamoati Xistevarzda dafn etildi. Bu haqda AP Bosh vazirning o‘rinbosari Azim Ibrohimovning yordamchisiga asosan xabar berdi.

90 yoshli ayol oxirgi oylarda kasallikdan aziyat chekkan. Muhabbat Oxunova pedagog bo‘lgan va butun umr Xistevarzdagi maktabda dars bergan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Bosh vazirning onasi vasiyatiga binoan 4 yil avval vafot etgan o‘g‘li Abduvali Nazirovning yoniga dafn etilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston Qohir Rasulzoda

Baholaganlar

82

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing