Bosh vazirlar 15 ta hujjatni imzoladilar
Jamiyat
−
02 noyabr 2019
6234Xabaringiz bor, bugun poytaxt Toshkentda Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlar Hukumat rahbarlarining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Rossiya Federatsiyasi Bosh vaziri Dmitriy Medvedev, Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri Asqar Mamin, Qirg‘iziston Respublikasi Bosh vaziri Muhammadqaliy Abilg‘aziyev, Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzoda, Belarus Respublikasi Bosh vaziri Sergey Rumas, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirok etdi.
Majlis yakuniga ko‘ra qator xalqaro hujjatlar imzolandi.
Yig‘ilish yakuni bo‘yicha Bosh vazirlar quyidagi hujjatlarni imzolashdi:
• SHHT Kotibiyatining SHHTning ko‘p tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlik dasturini amalga oshirish to‘g‘risidagi hisoboti to‘g‘risida;
• SHHTning 2018 yilgi byudjeti ijrosi to‘g‘risidagi moliyaviy hisoboti to‘g‘risida;
• SHHTning 2020 yil uchun byudjeti to‘g‘risida;
• SHHTga a’zo davlatlar tashqi auditorlari komissiyasining SHHTning doimiy faoliyat yurituvchi organlarining moliyaviy-xo‘jalik faoliyati tashqi auditini o‘tkazish to‘g‘risidagi hisoboti to‘g‘risida;
• SHHTning doimiy tuzilmalari faoliyatini tarjimonlik bilan ta’minlash to‘g‘risida;
• A’zo davlatlarning ko‘p tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorligi dasturining yangi tahririni tasdiqlash to‘g‘risida;
• SHHTning oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha hamkorlik dasturini amalga oshirish rejasini tasdiqlash to‘g‘risida;
• SHHT davlatlari temir yo‘l ma’muriyatlari o‘rtasida temir yo‘l transporti sohasida o‘zaro hamkorlik qilish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida;
• SHHTga a’zo davlatlar o‘rtasida uzoq va qishloqlarni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik konsepsiyasini va uni amalga oshirish bo‘yicha harakatlar rejasini tayyorlash to‘g‘risida;
• SHHTning iqtisodiy tahlil markazlari konsorsiumi reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida;
• SHHTga a’zo davlatlar hukumat rahbarlari kengashining 18-yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha qo‘shma kommyunike;
• SHHT davlatlari hukumatlari o‘rtasida transport tashuvlarini boshqarishning integratsion tizimini shakllantirish bo‘yicha bitim;
• SHHT davlatlari bojxona xizmatlari o‘rtasida milliy tranzit tizimlarining o‘zaro integratsiyasi to‘g‘risida memorandum;
• SHHT va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti o‘rtasida anglashuv memorandumi;
• SHHT Kotibiyati va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa Iqtisodiy Komissiyasi o‘rtasida anglashuv memorandumi.
Ma’lumot o‘rnida, Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston rahbarlari tashabbusi bilan 2001 yilda tashkil etilgan edi. 2017 yilda SHHTga Hindiston va Pokiston a’zo bo‘ldi. Hozirgi vaqtda SHHTda kuzatuvchi davlatlar: Afg‘oniston, Belarus, Eron va Mo‘g‘uliston, hamkor davlatlar – Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja, Nepal, Turkiya va Shri-Lanka.
Tashkilotning kotibiyati Pekinda, mintaqaviy aksilterrorchilik tuzilma Toshkentda tashkil etilgan.
LiveBarchasi