Bosh vazir o‘rinbosari Sardor Umurzoqov koronavirusga qarshi emlandi
Jamiyat
−
11 avgust 2021 7224 1 daqiqa
Joriy yil 9 avgust kuni Bosh vazir o‘rinbosari – Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov koronavirusga qarshi emlandi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bosh vazir o‘rinbosari “Moderna” vaksinacining birinchi komponentini qabul qilgan.
Shuningdek, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi markaziy apparati xodimlarining 61 foizi, quyi tashkilotlar xodimlarining 70 foizi va ITSV hududiy bo‘linmalari xodimlarining 85 foizi emlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov, Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboyev hamda Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Bahodir Yusupaliyev o‘zbek-xitoy vaksinasi bilan emlangan edi.
Live
Barchasi